Ko‘chaning gapi ichkariga to‘g‘ri kelarmikan — Fransiya prezident saylaydi
Kelayotgan dam olish kuni, 10-aprel sanasida Fransiyada prezidentlik sayloviga start beriladi: Birinchi tur!
«The Economist» jurnali ekspertlari qurgan modelga ko‘ra, amaldagi prezident, katta ehtimol bilan, g‘alaba qozonadi: imkoniyati 100 dan 77 ga baholanmoqda.
Yaqinda Polsha bosh vaziri hadeb Putinga qo‘ng‘iroq qilavergani uchun Makronni tanqid qilgandi. Fransiya prezidenti javoban Rossiya bilan dialogni ushlab turish xavfsiz Yevropa yangi arxitekturasini qurishda o‘ta muhimligini tushuntirgan.
Rossiya armiyasi 24-fevralda Ukrainaga kirishiga qadar Putin bilan yuzma-yuz uzun stol atrofida eng uzun suhbat qurgan (taxminan olti soat) yevropalik lider aynan Makron bo‘lgandi. Telefondagi o‘zaro muloqotlarku — sanoqsiz. Urushning oldini ololmagan Makron endi uni to‘xtatishga halak.
Fransuzlar Yelisey saroyida kimni ko‘rishmoqchi? Inflyasiya va oqsayotgan iqtisodiyot — ichki muammolar xaloskorinimi yoki tashqi siyosatda faol «tinchlik elchisi»nimi? Kuzatamiz.
Fransiya prezidentligiga nomzodlar
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter