Kobuldagi portlashda kamida 3 kishi halok bo‘ldi
Kobul shahridagi mehmonxona terrorchilar hujumiga uchradi.
OAV xabarlariga ko‘ra, asosan xitoylik tadbirkorlar orasida ommalashgan mehmonxonada portlash va otishma yuz bergan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, terakt oqibatida kamida 3 kishi halok bo‘lgan, 20 dan ortiq odam jarohat olgan.
Afg‘onistondagi «Tolibon» hukumati vakili Zabihullo Mujohid bayonot berishicha, mehmonxonaga bosqin uyushtirgan jangarilarning barchasi yo‘q qilingan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter