Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Klichko politsiyachiga qo‘l ko‘targan Kiyev vitse-merini ishdan bo‘shatdi

Klichko politsiyachiga qo‘l ko‘targan Kiyev vitse-merini ishdan bo‘shatdi

Foto: «Jpgazeta.ru»

Kiyev meri Vitaliy Klichko o‘zining o‘rinbosari hisoblanmish Vladimir Slonchakni ishdan bo‘shatdi. Politsiyachini urgani uchun unga qarshi jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Bu haqda «RBK-Ukraina» xabar berdi.

«O‘ylaymanki, sizlar yangiliklar orqali kecha kechqurun nima sodir bo‘lganini ko‘rgan bo‘lsangiz kerak. Men shahar hokimiyatining, birinchi navbatda, uning vakillari tomonidan obro‘sizlantirilishiga yo‘l qo‘ymayman», — dedi Kiyev hokimi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, amaldor o‘z xatti-harakati uchun javob berishi zarur.

Avvalroq 27-aprel kuni Slonchak politsiya xodimiga hujum qilgani uchun hibsga olingani ma’lum bo‘ldi. Hodisa 26-aprel, yakshanba kuni sodir bo‘lgan. Patrul xizmati chiroqlarini yoqmasdan kelayotgan «Mercedes» avtomobilini to‘xtatgan. Rul boshqaruvida shahar kengashi deputati Lyudmila Kostenko bo‘lgan. U alkogolga test topshirishdan bosh tortgan. Mashinada Kostenko bilan ketayotgan vitse-mer Slonchak to‘satdan politsiyachiga musht tushirgan. Jabrlanuvchi shifoxonaga yotqizilgan, mashina esa jarima maydonchasiga olib ketilgan. Amaldor besh yilga qamalishi mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring