Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Klichko koviddan tuzaldi

Klichko koviddan tuzaldi

Foto: «Legkovmeste.ru»

Kiyev meri Vitaliy Klichko koronavirusga topshirgan testi manfiy chiqqani va ishga qaytganini ma’lum qildi.

Klichko 24-oktyabr kuni koronavirusga chalinganini, shundan so‘ng o‘zini o‘zi izolyasiyaga olgani to‘g‘risida xabar qoldirgandi.

«Ishga qaytganimdan xursandman, koronavirusga testim manfiy chiqdi, o‘zimni yaxshi his qilyapman, endi to‘la kuch bilan ishlashga tayyorman», — dedi Klichko chorshanba kuni onlayn translyasiya qilingan brifingda.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti 11-mart kuni yangi koronavirus infeksiyasi tarqalishini pandemiya deya e’lon qildi. Mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligining so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, butun pandemiya davomida Ukrainada 420 617 kishida COVID-19 qayd etildi, 176 404 kishi tuzaldi, 7731 nafar bemor hayotdan ko‘z yumdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring