Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kiyiklarning sirli chambari ijtimoiy tarmoqlarda katta qiziqish uyg‘otdi (video)

Kiyiklarning sirli chambari ijtimoiy tarmoqlarda katta qiziqish uyg‘otdi (video)

Foto:«Sabah.com»

Rossiyaning Kola yarimorolidagi Murmansk hududida qorda sur’at bilan aylanayotgan kiyik podasining videosi ijtimoiy tarmoqlarda katta qiziqish uyg‘otdi. Bu haqda «Sabah» xabar bermoqda.

Kiyiklarning g‘ayrioddiy harakati tasvirga olingan videoni Kunstkamera etnografiya va antropologiya muzeyi mudiri Andrey Golovnev ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirdi.

Mashhur bo‘lib ketgan 30 soniyalik video ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari tomonidan ko‘plab sirli nazariyalar o‘rtaga tashlanishiga sabab bo‘ldi.

Ayrimlar «Kola yarimoroli shimoliy qutbga yaqin joylashgan. Shu bois Yerning magnit maydoni jonivorlarni shu holatga solgan» deyishdi.

Ba’zilar esa oriq kiyiklarni vahshiy hayvonlardan qutqarish maqsadida shunday yo‘l tutilganini aytishdi. Ba’zilar esa kiyiklar sovuqdan himoyalanish uchun shunday qilgan deya izoh berdi.

Antropolog olimlar oxirgi ikki fikrni qo‘llab-quvvatlashdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring