Kipr to‘yda raqs tushishni taqiqladi
Kipr sog‘liqni saqlash vazirligi COVID-19 tarqalish xavfi tufayli respublikada to‘y va nikoh marosimlarini o‘tkazishga o‘zgartirishlar kiritdi. Yangi qoidalar idora saytida e’lon qilindi.
Shu tariqa, ushbu marosimlar davomida o‘pishish, quchoqlashish, qo‘l berib ko‘rishish va raqs tushish taqiqlanadi. Lekin to‘ylardagi bu cheklovlar mehmonlar va qarindoshlarga taalluqli, kelin-kuyovga emas.
«O‘pich yoki qo‘l berib ko‘rishishdan iborat an’anaviy qutlovlarga yo‘l qo‘yilmaydi», — deyiladi sog‘liqni saqlash vazirligi xabarida.
Bundan tashqari, to‘y va nikoh marosimida ishtirok etuvchilarning hammasi niqob taqishi va ijtimoiy masofa saqlashi zarur. Shu bilan birga, mehmonlar soni soatiga 250 kishidan oshib ketmasligi kerak. Ya’ni to‘yga ming kishi taklif etilgan bo‘lsa, kokteyl va tabriklar uchun to‘rt soatgacha vaqt ajratiladi.
Joriy etilgan cheklovlar 2021-yil 15-yanvarga qadar o‘z kuchini yo‘qotmaydi, deyiladi Kipr sog‘liqni saqlash vazirligi axborotida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter