Kim Chen In KXDRdagi yadroviy ob’yektlarni ko‘rsatadi
Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In tekshiruvchilarga Yonbyondagi yadroviy ob’yektlarni ko‘rsatishga tayyor. Bu haqda u AQSh prezidenti Donald Trampga yozgan maktubida ma’lum qilgan, deb xabar bermoqda «News.ru»
«Pxenyandagi sammitda Kim Chen In AQSh muayyan qadamni tashlagan taqdirda Yonbyondagi majmuani nafaqat yopish, balki tekshiruvchilarni ham kiritishga tayyor ekanini aytgan», — deydi «Ryonxap» agentligining diplomatik manbasi.
Uning aytishicha, ayni damda AQSh va Shimoliy Koreya o‘rtasidagi muzokaralar boshi berk ko‘chaga kirib qolgan. AQSh denuklearizatsiyani, KXDR esa avvaliga sanksiyalarni yumshatishni talab qilmoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Kim Chen In Trampga poligon ishini to‘xtatishni va’da qilganiga qaramay, Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlik (MAGATE) Yonbyonda yadroviy faoliyatning davom etayotganini qayd etgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter