Kim Chen Inning zirxli poyezdidagi maishati ma’lum bo‘ldi
Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen Inning zirxli poyezdida muntazam ravishda maishatbozlik o‘tkazib kelingan. Bu haqda The Sun nashri xabar qildi.
Nashr tomonidan ma’lum qilinishicha, KXDR yetakchisining zirxli poyezdi 20 ta vagondan iborat bo‘lib, soatiga 60 kilometr tezlikka chiqishi mumkin. Odatda undan oldin Kim Chen Inning qo‘riqchilari o‘tirgan poyezd yo‘lga tushgan. U temir yo‘l va bekatlardagi xavfsizlikni tekshirib ketgan. Shuningdek KXDR rahbarining zirxli poyezdi ortidan yana bir qo‘riqchilar poyezdi ergashib yurgan.
Poyezd ichida shuningdek Kim Chen Inni olib yuradigan zirxli «Mersedes» avtomobili va ko‘chma xojatxona bo‘lgan. Poyezd vagonlarida charm divanlar o‘rnatilgan bo‘lib, zamonaviy konferens-zal va sun’iy yo‘ldosh televideniyesi mavjuddir. Poyezd restoranida taomlar yuqori did bilan tanlanadi, xususan bu yerdan Shveysariya pishlog‘idan tortib eng qimmatbaxo spirtli ichimliklarni ham topish mumkinligi aytilmoqda.
Shu bilan birga zirxli poyezdda Kim Chen Inga hamroxlik qiladigan ayollar guruhi ham bo‘lgani aytilmoqda. The Sun tomonidan xabar qilinishicha, bu guruh 2015 yilda shaxsan Kim Chen Inning qaroriga ko‘ra tashkil etilgan bo‘lib, unga faqat baland bo‘yli, chiroyli va qaddi-qomati kelishgan ayollar olingan.
Eslatib o‘tamiz, ushbu poyezdni oxirgi marta Shimoliy Koreyadagi kurort shahar — Vonsan yaqinida ko‘rishgan. Bu yerda Kim Chen Inning qarorgohi va tibbiyot birlashmasi mavjud.
KXDR rahbari 11 apreldan buyon ommaga ko‘rinish bermayapti. U 15 aprelda bobosi Kim Ir Sen sharafiga o‘tkazilgan tadbirda ishtirok etmagandan so‘ng turli xabarlar ko‘payib ketdi. Xususan, KXDR rahbari og‘ir betobligi va xatto vafot etgani haqida xabar qilingan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter