Kim Chen Inning qizi ikkinchi bor ommaga ko‘rinish berdi (foto)
Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In o‘z qizi bilan ikkinchi bor ommaga ko‘rinish berdi.
Surat Koreya markaziy axborot agentligi tomonidan chop etilgan.
Shimoliy Koreya rahbari va uning qizi «Xvason-17» ballistik raketasini yaratish, yig‘ish va uchirishga mas’ul bo‘lgan KXDR harbiy-sanoat majmuasi ishchilari bilan birgalikda fotosessiya o‘tkazgan.
Bu Kim Chen In qizining omma oldida ikkinchi chiqishi - Shimoliy Koreyadagi boshqa ommaviy axborot vositalari hozircha uning ismini aytmagan, biroq Janubiy Koreyada jurnalistlarning fikricha, qizning ismi Kim Jou Ye, u to‘qqiz yoshda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq shimolliklar liderining qizi yangi qit’alararo raketa namoyishi chog‘ida birinchi marta omma oldida paydo bo‘lgandi.
Ular bilan birga mashg‘ulotlarda oilaning boshqa a’zolari – Kim Chen Inning rafiqasi va singlisi ham ishtirok etgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter