Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kim Chen In sog‘ va salomat — Janubiy Koreya hukumati

Kim Chen In sog‘ va salomat — Janubiy Koreya hukumati

Janubiy Koreya prezidentining yordamchisi KXDR rahbari Kim Chen In haqida ma’lumot berdi va u sog‘-salomat ekanini ta’kidladi. Uning aytishicha, KXDR rahbari 13 apreldan buyon Shimoliy Koreya janubi-sharqidagi Vonsan tumanida bo‘lib turibdi.

Janubiy Koreyadagi boshqa manbalar tomonidan xabar qilinishicha, Kim Chen In vafot etmagan, ammo og‘ir jarrohlik amaliyotini boshidan o‘tkazgan. Avval ham siyosatchi tibbiy yordam olgan vaqtlarda uning o‘limi haqida xabarlar paydo bo‘lib turar edi.

Bunga qadar Xitoy tibbiyot sohasidagi manbalardan biri Kim Chen Inning yuragiga stent qo‘yish amaliyoti o‘tkazilgani, ammo operatsiya cho‘zilib ketgani bois KXDR rahbarining bosh miyasi shikastlanib, vegetativ holatga tushganini xabar qilgan edi.

Kim Chen In 15 aprelda bobosi Kim Ir Senning tug‘ilgan kuni munosabati bilan o‘tkazilgan bayram tadbirlarida ko‘rinish bermagandan so‘ng uning sog‘ligi haqida turli xabarlar paydo bo‘lgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring