Kim Chen In: «Shimoliy Koreyada ham sabrning chegarasi bor»
Bugun, 20-iyun kuni Pxenyanda XXR raisi Si Szinpin bilan muzokaralar chog‘i KXDR yetakchisi Kim Chen In denuklerizatsiya (yadroviy qurolsizlanish) bo‘yicha AQSh bilan muzokaralarning og‘irligiga e’tibor qaratdi. Bu haqda «Associated Press» agentligi xabar berdi.
«Shimoliy Koreya sabr bilan kutishi ham mumkin. Shimoliy koreyaliklar vaziyat yanada murakkablashib ketmasligi uchun, bir yildan oshdiki, ko‘p ijobiy ishlarga qo‘l urdi... biroq narigi tomondan munosib javob olmadik», — dedi Kim Chen In.
Xabar berilishicha, Xitoy rahbari Kim Chen Indan AQSh prezidenti Donald Tramp bilan muzokaralarni davom ettirishni so‘ragan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter