Kim Chen In Rossiya tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi. Bu AQSh-KXDR sammitiga ta’sir qiladimi?
Bugun, 31-may kuni KXDR rahbari Kim Chen In Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovni qabul qildi. Bu haqda Pxenyanda bo‘lib turgan Rossiya delegatsiyasidagi manbaga asoslanib, «RIA Novosti» ma’lum qildi. Hozircha ushbu uchrashuv tafsilotlari to‘liq emas.
Avvalroq Lavrov KXDR tashqi ishlar vaziri Li Yon Xo bilan uchrashib, ikki tomonlama munosabatlar va qator xalqaro masalalar yuzasidan gaplashishgan. Unda Rossiya tashqi ishlar vaziri «Rossiyaning kutilayotgan AQSh va KXDR rahbarlari uchrashuvi masalasiga aralashish niyati yo‘qligi va muzokaralarda ehtiyotkorlik zarurligi»ni ta’kidlagan edi.
Ayni damda Pxenyan AQSh-KXDR sammitiga faol tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter