Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kim Chen In koronavirus bilan kurashayotgan Janubiy Koreyaga «dalda berdi»

Kim Chen In koronavirus bilan kurashayotgan Janubiy Koreyaga «dalda berdi»

Foto:«The Strait Times»

Shimoliy Koreya lideri Kim Chen In Janubiy Koreyalik hamkasbiga koronavirusga kurashda bardamlik tilagan xat yubordi. Bu haqda «Mirror» nashri yozmoqda.

U Janubiy Koreya prezidentiga «bu ofatni yengib chiqamiz», deb aytgan va yordam berishga tayyorligini izhor qilgan. 

Payshanba kuni Janubiy Koreyada 438 ta yangi kasallik holati qayd etilib, ularning soni 5,8 ming kishiga yetgan. Janubiy Koreya Xitoydan tashqarida keng ko‘lamda epidemiya bilan kurashmoqda - 37 ta o‘lim qayd etilgan, bu Xitoy, Italiya va Erondan keyin to‘rtinchi o‘rinda turadi.

Shu bilan birga, Shimoliy Koreya rahbari mamlakat tarkibida koronavirusga chalinganlar mavjud emasligini ta’kidlab, nazoratni yanada kuchaytirganini aytib o‘tdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring