Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kim Chen In AQShning jiddiy taklifini rad etdi

Kim Chen In AQShning jiddiy taklifini rad etdi

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In AQShning o‘zaro muloqot haqidagi taklifini rad etdi. Bu haqda Janubiy Koreyaning «Renxap» axborot agentligi ma’lum qildi.

Siyosatchining so‘zlariga ko‘ra, Vashington «o‘zaro diplomatik ta’sir» va «hech qanday shartlarsiz muloqot»ni talab qilgan.

«Bu aldovdan boshqa narsa emas. Ushbu muloqot AQShga «xalqaro hamjamiyatni aldash va dushmanlik harakatlarini yashirish» imkonini beradi. Mamlakat bilan o‘zaro muloqot taklifi AQShning oldingi ma’muriyatlari tomonidan olib borilgan dushmanlik siyosatining davomi», deya hisoblaydi Kim Chen In.

«AQShning yangi ma’muriyati hokimiyatga kelganidan beri o‘tgan sakkiz oylik tarix aniq ko‘rsatib turibdiki, AQShning bizga qarshi harbiy tahdidi va dushmanlik siyosati o‘zgarmadi»,— deya takidlagan u.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring