Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kilian Mbappe tartibsizliklarni uyushtirayotganlarga murojaat qildi

Kilian Mbappe tartibsizliklarni uyushtirayotganlarga murojaat qildi

Taniqli futbolchi Kilian Mbappe ztartibsizliklarni to‘xtatish kerakligini aytdi. Mamlakat bo‘ylab tartibsizliklar to‘rtinchi kunki davom etmoqda.

Kilian Mbappe politsiyachining o‘qidan halok bo‘lgan o‘smirning oila a’zolariga hamdardlik bildirdi, deb xabar bermoqda Sky News.

«Ochig‘i, biz bu o‘lim qanday sharoitda sodir bo‘lganiga befarq qaray olmaymiz. Ushbu fojiali voqeadan so‘ng biz xalq g‘azabi ifodasiga guvoh bo‘ldik, uning mohiyatini tushunamiz, lekin bu shaklini ma’qullay olmaymiz. Zo‘ravonliklar hech narsani hal qilmaydi», deydi futbolchi.

Mbappe vaziyatni nomaqbul deb hisoblagan va uni to‘xtatishga chaqirgan.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, tartibsizliklarga qarshi kurashga 45 ming politsiyachi jalb qilingan, ular tomonidan mingga yaqin kishi qo‘lga olingan.

Eslatib o‘tamiz, Fransiyada Noil ismli arab millatiga mansub 17 yoshli yigitning Parijda politsiyachi tomonidan otib o‘ldirilishi munosabati bilan tartibsizliklar davom etmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring