Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kiyevning xalqaro nomi o‘zgaradi

Kiyevning xalqaro nomi o‘zgaradi

Foto: «Bbqboy.net»

Ukraina poytaxti xalqaro tillarda «Kiev» o‘rniga «Kyiv» deb yoziladi. Kecha, 12-iyun kuni AQSh Geografik nomlar bo‘yicha kengashi ushbu qarorni qabul qildi.

Ukrainaning AQShdagi elchixonasi matbuot xizmati xabar berishicha, geografik kengashga ushbu taklifni Vashingtondagi ukrain elchisi Valeriy Chaliy kiritgan.

«O‘ta muhim bu qaror Ukraina poytaxti rasmiy nomining AQSh tashqarisida ham tuzatilishiga turtki bo‘ladi», — deyiladi elchixona xabarida.

Ukrain diplomatlari ta’kidlashlaricha, AQSh Geografik nomlar bo‘yicha kengashining ushbu qaroridan so‘ng butun dunyodagi aeroportlar va xalqaro reyslarda Kiyev nomi yozilishi o‘zgaradi. Chunki xalqaro tashkilotlar, xususan, Xalqaro aviatsiya transporti assotsiatsiyasi aynan AQShdagi kengash bazasidagi rasmiy nomlarga asoslanib ish tutadi.

AQSh Geografik nomlar bo‘yicha kengashi bazasida Kiyevning nomi 17-iyundan o‘zgaradi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring