Kiyev dunyodagi eng havosi yomon shaharga aylandi
Ukraina poytaxti Kiyev dunyodagi havosi eng ifloslangan shaharga aylandi, deb yozmoqda «Hromadske» sayti.
Ekspertlar Kiyevning ayrim hududlarida nafas olish juda qiyinlashganini, bu sog‘liq uchun o‘ta zararli ekanini aytishmoqda.
Ukraina poytaxtida havoning ifloslanish indeksi 182 ga teng, me’yor aslida 50 bo‘lishi kerak.
Shaharning ayrim tumanlarida, xususan, Dneprning so‘l sohilida indeks 281 gacha chiqib ketganki, bu juda yuqori ifloslanish ko‘rsatkichi sanaladi.
Shahar hokimiyati odamlardan derazalarni ochmaslik va ko‘chaga chiqmaslikni so‘ramoqda.
Kiyevda havoning buzilishiga Jitomir viloyatida, jumladan Chernobil hududida yuz bergan yong‘inlar sabab bo‘lgan.
Ayni paytda Kiyevda radiatsion fon me’yordaligi ma’lum qilingan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter