Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Ketmoni uchayotganlar»: dunyo boylari mablag‘i ilk bor 10 trillion dollardan oshib ketdi

«Ketmoni uchayotganlar»: dunyo boylari mablag‘i ilk bor 10 trillion dollardan oshib ketdi

Koronavirus inqirozi paytida milliarderning boyligi chorakdan ko‘proqqa o‘sdi. Yangi tadqiqotlar natijalariga ko‘ra, dunyoda boylari mablag‘i birinchi marta 10 trillion dollardan oshib ketdi. «CNBC» bu haqda yozmoqda.

Shveysariyaning «UBS» banki va «PwC» buxgalteriya firmasi tomonidan chorshanba kuni chop etilgan «Riding the storm» tadqiqotiga ko‘ra, milliarderlarning boyligi aprel oyi boshida 8 trillion dollardan bu yil aprel-iyul oylari orasida 10,2 trillion dollarga ko‘tarildi.

Bu boylikning 27,5 foizga o‘sishini aks ettirdi va 2017-yil oxirida qayd etilgan eng yuqori 8,9 trillion dollardan oshdi.

«UBS» va «PwC» hisobotida dunyoning 43 bozoridagi 2000 dan ortiq milliarderlar qamrab olinganligi va ularning umumiy milliarderlar boyligining 98% tashkil etganligi aytilgan.

«Bloomberg Billionaires Index» ma’lumotlariga ko‘ra «Amazon» asoschisi va bosh direktorining umumiy boyligi 183 milliard dollarni tashkil etadi, bu o‘tgan yilga nisbatan 68 milliard dollarga ko‘pdir.

7-oktyabr holatiga ko‘ra, «Microsoft» asoschilaridan biri Bill Geyts (123 milliard dollar), Tesla bosh direktori Elon Mask (101 milliard dollar) va Facebook rahbari Mark Sukerberg (98,1 milliard dollar) Jeff Bezosni dunyoning eng boy odamlari ro‘yxatida ta’qib qilishmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring