Keniyada hayit namozi stadionda o‘qildi
Keniya poytaxti Nayrobi shahrida musulmonlar ramazon hayiti namozini futbol stadionida ado etishdi. Bu haqda «Anado‘lu» axborot agentligi xabar bermoqda.
Musulmonlar soni oz bo‘lgan Nayrobi shahrida masjidlar kam va tor bo‘lgani uchun bugun 20 ming kishi ramazon hayiti namozini «Sir Ali Muslim Club» nomidagi maktabning futbol stadionida ado etishdi.
Ramazon hayiti munosabati bilan saxovatpesha insonlar ehtiyojmand kishilarga, yetim-yesirlarga fitr sadaqa va zakotlar berishdi.
47 millionga yaqin nufusga ega Keniyada musulmonlar soni xristianlarnikidan oz.
Ramazon hayiti munosabati bilan hukumat bir kunlik rasmiy dam olish kunini e’lon qildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter