Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Keniya neft eksport qilishni boshladi

Keniya neft eksport qilishni boshladi

G‘arbiy Afrika Respublikasi Keniya tarixda ilk bor neft eksport qila boshladi. Bu haqda «Anado‘lu» axborot agentligi xabar bermoqda.

Mamlakat prezidenti Uhuru Kenyatta Turkana provinsiyasida neft eksport qilish bo‘yicha o‘tkazilgan tantanali tabirda qatnashib: «Bugun — tarixiy sana. Mamlakatimiz tarixida birinchi marta chetga neft ekosport qilyapmiz», — degan.

Hukumat bundan keyin neft va gaz eksportiga alohida ahamiyat qaratib, mamlakat iqtisodiyotini taraqqiy ettiradi.

Mamlakatning Mombasa portidan neft Xitoy va Hindistonga tashiladi.

Lokichar—Lamu shaharlari oralig‘ida 2 milliard dollar mablag‘ evaziga barpo etilayotgan 890 kilometrli neft quvuri 2021-yilning ikkinchi choragida foydalanishga topshiriladi. Quvurlar orqali har kuni 100 barrel neft eksport qilinadi.

Mamlakatda 2012 yili ingliz firmasi «Tullow oil» tomonidan kashf qilingan neft zaxirasi 750 million barrel ekani aniqlangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring