Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Keksa harbiy 25 yildan so‘ng ayolni ikkinchi marta o‘limdan qutqardi

Keksa harbiy 25 yildan so‘ng ayolni ikkinchi marta o‘limdan qutqardi

foto: 120.su

Iyanalik ayol (Xunan provinsiyasi, Xitoy) Syu Kan avtomobil tormozini keskin bosgani uchun hovuzga ag‘darilib ketdi.

Shoshib qolgan ayol mashina eshigini ochishga urinsada uddasidan chiqolmadi, faqat oynani yarimigacha ochib yordam so‘rab baqirishga imkon topdi.  

Kanning qichqirig‘ini yaqin atrofda yashovchi nafaqadagi harbiy 71 yoshli Tang Keming eshitgach uydan yugurib chiqdi. Va ketmonni olib, mashinaga yugurdi. U ketmon yordamida mashina oynasini sindirib ayolning qirg‘oqqa chiqishiga yordam berdi.

Ammo eng qizig‘i – ular 25 yil oldingi uchrashuvni yodga olishdi. Ya’ni qariya Kan Syuni 25 yil oldin xuddi shu hovuzdan qutqarib qolgandi. O‘sha paytda ayol kichkina qizaloq edi va birinchi sinfda o‘qirdi. Ko‘pchilik endi keksa xaloskorni Kan Syuning qo‘riqchi farishtasi deb atashmoqda, ammo otaxon kamtarlik bilan farishta emasligini, balki insoniylik burchini ado etganini ta’kidlamoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring