Kechki ovqatdan so‘ng JAR prezidenti karantinga olindi
Janubiy Afrika Respublikasi (JAR) prezidenti Siril Ramafosa koronavirus infeksiyasini yuqtirgan odam bilan muloqotdan so‘ng o‘zini o‘zi izolyasiyaga oldi. Bu haqda bugun, ya’ni 28 oktyabr kuni respublika rahbari ma’muriyati xabar berdi.
«2020-yil 24-oktyabr, shanba kuni prezident tashrif buyurgan kechki ovqat ishtirokchilaridan birida COVID-19ga topshirgan test natijasi musbat chiqqach Siril Ramafosa o‘zini o‘zi izolyasiyaga oldi», — deyiladi xabarda.
Matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, tadbir Yoxannesburgdagi mehmonxonada bo‘lib o‘tgan, kechki ovqatda 35 kishi ishtirok etgan.
Ta’kidlanishicha, hozirgi kunda davlat rahbarida hech qanday alomat qayd etilmagan. U masofadan turib o‘z majburiyatlarini bajaradi va karantin qoidalariga rioya qiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter