Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Kattaqo‘rg‘on elektr tarmoqlari» rahbari qo‘lga olindi

«Kattaqo‘rg‘on elektr tarmoqlari» rahbari qo‘lga olindi

Foto: Prokuratura departamenti.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Kattaqo‘rg‘on tuman bo‘limi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Unda tuman ETK rahbari Q.X. elektr energiyasidan 779 mln so‘m qarzdorligi sababli tarmoqdan uzilgan «A.B.» fermer xo‘jaligini elektr tarmog‘iga 5 kun muddatga qayta ulab berishi evaziga ushbu fermer xo‘jaligi rahbari A.B. dan 5 mln so‘m pora talab qilib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring