Kattalar va bolalarning sevimli taomi ruhiyatga salbiy ta’sir ko‘rsatishi aniqlandi
Qovurilgan taomni muntazam iste’mol qilish qon bosimi oshishi, ortiqcha vazn to‘plashga sabab bo‘lib, salomatlikka jiddiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligi haqida ko‘p o‘qiganmiz. Ammo olimlar e’lon qilgan yangi tadqiqot xulosalari muayyan bir ovqat haqida — u nafaqat jismoniy, balki ruhiy salomatlikka ham salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin ekan. Bu haqda Pnas.org yozmoqda.
Bu — kartoshka frisi. Kattalar va bolalar birdek xush ko‘ruvchi qarsildoq kartoshkaning qanday zarari bo‘lishi mumkin?
11 yildan ortiq olib borilgan o‘rganishlardan so‘ng, xitoylik olimlar qovurilgan kartoshka inson ruhiyatiga zararli degan xulosaga kelishdi. U bezovtalikka chalinish xavfini 12 foizga oshirarkan. Ayniqsa, bu holat yosh yigitlar orasida ko‘p kuzatilmoqda.
Qo‘shimcha qilish mumkinki, qovurilgan yog‘li taomlar semirishga sabab bo‘lishi, ichki a’zolarning faoliyatiga jiddiy ta’sir ko‘rsatishi aniqlangan. Masalan, jigar ana shunday ta’sirlarga sezuvchan bo‘ladi. Shu bois yog‘li va qovurilgan ovqatlarni iste’mol qilishda me’yorga rioya qilish tavsiya etiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter