Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Katta olma» bolalarni kovidga qarshi vaksinaga qiziqtirish yo‘lini topdi

«Katta olma» bolalarni kovidga qarshi vaksinaga qiziqtirish yo‘lini topdi

Foto: «Gavi.org»

Koronavirusga qarshi emlangan 5 yoshdan 11 yoshgacha bo‘lgan bolalar 100 dollar olishlari mumkin, dedi Nyu-York meri Bill de Blazio.

Nyu-York hukumati COVID-19 ga qarshi emlangan bolalarga yuz dollar taklif qildi.

Avvalroq FDA va CDC tibbiy regulyatorlari 5-11 yoshli bolalarni emlash uchun Pfizer vaksinasidan foydalanishni ma’qulladi. Garchi bolalar orasida koronavirusdan asoratlar yoki o‘lim holatlari kamdan-kam uchrasa-da, COVID-19 bilan kasallanganlarning to‘rtdan bir qismini bolalar tashkil etmoqda.

«5 yoshdan 11 yoshgacha bo‘lgan bolalar shahardagi emlash markazida COVID-19 vaksinasini olishsa, 100 dollar olish huquqiga ega bo‘ladi», – deb yozdi de Blazio Twitterdagi o‘zining sahifasida.

Hozirda «Katta olma» (Nyu-Yorkni shunday deb ham atashadi) aholisining 67,4 foizi koronavirusga qarshi to‘liq emlangan. Qisman emlangan – 6,4%. Shu bilan birga, shahar aholisining 26,3 foizi haligacha emlanmagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring