Karantin xabaridan so‘ng aholi Londonni ommaviy tark etishni boshladi (video)
Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson koronavirus sababli Buyuk Britaniya poytaxtida maksimal cheklovlar qo‘yilishini e’lon qilganidan keyin ko‘plab inglizlar Londonni ommaviy ravishda tark etishga shoshildilar. Bu haqda «Daily Mail» xabar bermoqda.
Gazetaning yozishicha, Jonsonning qat’iy cheklovlar boshlashini e’lon qilganidan bir necha daqiqa o‘tgach, oilalar 20-dekabr yarim tungacha London va uning atrofidagi tumanlarni tark etishni boshladilar. Minglab odamlar temir yo‘l stansiyalari va aeroportlarni to‘ldirdi va mashinalar ko‘chalarda tirbandliklar yuzaga keldi.
Nashrning yozishicha, bu holatda ijtimoiy masofa haqida gap bo‘lishi ham mumkin emasdi. Londonda ko‘p transport yo‘nalishlari bekor qilingan.
Avvalroq Boris Jonson cheklovlar kuchayishi haqida xabar bergandi, unga ko‘ra, nooziq ovqat do‘konlari yopiladi, odamlarning zaruratsiz ko‘chaga chiqishi taqiqlanadi. Shuningdek, Rojdestvo bayramida yaqinlar biln ko‘rishish ham mumkin emas.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter