Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo «toshbo‘ron»ga yo‘liqdi

Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo «toshbo‘ron»ga yo‘liqdi

Kanada bosh vaziri Jastin Tryudoga saylovchilar bilan uchrashuv vaqtida toshlar yomg‘iri ostida qoldi. Bu Ontario shtatining Londondagi saylovoldi kampaniyasi tugaganidan keyin avtobusga chiqayotganda sodir bo‘ldi, deb xabar beradi CTV.

Toshlar Tryudo va uning soqchilariga tekkan, lekin jiddiy zarar yetkazmagan.

Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, fuqarolar bosh vazir bilan uchrashuvga kelishgan, ular Tryudoning siyosatiga, shu jumladan aholining ayrim guruhlari uchun koronavirusga qarshi majburiy emlashga qarshi chiqishgan.

Yakshanba kuni Tryudoga Nyu-Marketda (Ontario) mitingida hujum uyushtirilgan.

Jastin Tryudo Kanadani 2015-yildan beri boshqarib keladi.  U mamlakatni uzoq vaqt boshqargan konservatorlar lideri Stiven Xarperni mag‘lubiyatga uchratgandi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring