Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kampirning uyidan chiqqan rasm 24,1 million yevroga sotildi

Kampirning uyidan chiqqan rasm 24,1 million yevroga sotildi

Foto: «Parisien»

Uyg‘onish davri vakili florensiyalik musavvir Chimabue qalamiga mansub «Masihni haqoratlash» rasmi auksionda 24,1 million yevroga sotildi. Uni 90 yoshli kampirning uyidan topishgandi, deb xabar berdi «Parisien» gazetasi.

Polotno Fransiya shimolidagi Kompen shahrida auksion uyi ekspertlari tomonidan topilgan. Ularga kampirning uyidagi «axlatni tekshirishni» so‘rab murojaat qilishgandi.

Ekspertiza chog‘ida rasm taniqli musavvir qalamiga mansub ekani aniqlanib, u 1280-yilda yozilgan diptikning bir qismi ekanligi taxmin qilinmoqda.

Nashrning keltirishicha, polotno topilgan uyda yashovchi oila yodgorlikni oddiy pravoslav sanami deb hisoblashgan.

Chimabuening haqiqiy ismi — Chenni di Pepo. Chimabue — «Ho‘kizbosh» laqabini o‘jar fe’l-atvori tufayli orttirgan. Musavvir Italiya Uyg‘onish davrining yorqin vakillaridan biri sanaladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring