Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kaliforniya gubernatori genotsid uchun hindulardan kechirim so‘radi

Kaliforniya gubernatori genotsid uchun hindulardan kechirim so‘radi

AQShning Kaliforniya shtati gubernatori Gevin Nyusom amerikaliklar tomonidan Qo‘shma Shtatlar butun tarixi davomida hindularga yetkazilgan uqubatlar va zo‘ravonliklar uchun ulardan kechirim so‘radi. «Reuters» xabariga ko‘ra, bu voqealarni Nyusom «genotsid» deb atagan.

«Buning nomi — genotsid, boshqacha atash mumkin emas. Tarix darsliklariga ham shunday yozish kerak», — ta’kidladi gubernator.

Nyusomning ma’lum qilishicha, shtat 1850-yillardan beri tubjoy aholisiga qarshi jazolash amaliyotlariga qariyb 1,3 million dollar sarflagan. Gubernatorning ma’ruzasiga kelgan hindular ushbu e’tirof uchun unga minnatdorlik bildirishdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring