Tailandda g‘orda qamalib qolgan futbol jamoasi qutqarilmoqda (Foto)

Avvalroq Taylandning Chiangray provinsiyasidagi Kxao Luang g‘orida 12 nafar o‘smir futbolchi va ularning murabbiysi yo‘qolib qolgani haqda xabar qilgan edik.
To‘qqiz kunlik qidiruvdan so‘ng bolalar va ularning murabbiysi tirik, ammo ochlikdan holdan toygan holda topildi. Aniqlashicha, ular g‘orda do‘stlaridan birining tug‘ilgan kunini nishonlash uchun ko‘p yegulik va ichimliklar olib olishgan va aynan shu ularning bir necha kun jon saqlashiga yordam bergan.
Qidiruv va qutqaruv ishlarida Tayland quruqlik kuchlari, Laos ko‘ngilli dayverlari, ingliz dayverlari, AQSh harbiy suzuvchilari, Avstraliya qutqaruvchilari, yapon mutaxassislari qatnashdilar. Bolalarni britan qutqaruvchilari topishga muvaffaq bo‘lishdi. Qutqaruv jarayonida dayverlardan biri halok bo‘lgani haqida ham xabar qilgan edik.
Dayverlar g‘orga yomg‘irlar mavsumida so‘vga to‘lmaydigan joydan kirishdi. Bolalarga tibbiy va psixologik yordam berish, ovqatlantirish uchun shifokorlar ham maxsus kiyimlarda suv ostidan o‘smirlar oldiga yetib borishdi. Endi ularni o‘sha yerdan chiqarib olish qoldi.
G‘orga suvga sho‘ng‘ish uchun maxsus kiyimlar yetkazildi, shuningdek, ularni olib chiqadigan yo‘lga havo to‘ldirilgan zahira ballonlari qo‘yib chiqildi.
Chiangray gubernatorining ma’lum qilishicha, og‘ir bur mashinasi g‘or teshigini kengaytirishga uringan, ammo keyin aniq bo‘lishicha, mutaxassislar granit qatlamiga duch kelishgan va shundan so‘ng qazish ishlari to‘xtatilgan.Endilikda suv yanada ko‘payishidan avval bolalarga suvga sho‘ng‘ish, akvalangdan foydalanishni o‘rgatish lozimligi aytilmoqda. Ammo bolalardan ba’zilari suzishni bilmaydi, ular suvni maxsus kiyimlarda kechishlariga to‘g‘ri keladi.
G‘ordagi suv 10 kundan buyon kuniga 24 soat davomida tortib olinmoqda, ammo chiqish yo‘lini butunlay xavfsizlantirishning imkoni topilganicha yo‘q.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter