Dunyoda har 5 soniyada bir bola halok bo‘lyapti
![Dunyoda har 5 soniyada bir bola halok bo‘lyapti](https://static.xabaruz.com/crop/3/5/720_460_95_3534203855.jpg)
BMT o‘tgan yili 15 yoshdan kichik 6,3 million bola oldini olish mumkin bo‘lgan holat yoki kasalliklar tufayli halok bo‘lganini ma’lum qildi. Bu haqda «Haber7.com» xabar bermoqda.
BMTning YuNISEF va Aholishunoslik jamg‘armalari, Jahon Sog‘liqni saqlash tashkiloti hamda Jahon bankining qo‘shma hisobotida 2017 yili har 5 soniyada 15 yoshdan kichik bo‘lgan bir bolaning oldini olish imkoni bo‘lgan sabablar yoki xastaliklar tufayli halok bo‘lgani qayd etildi.
Hisobotda, taxminan, 5,4 million bola umrining dastlabki besh yilida, ya’ni besh yoshga to‘lmasidan olamdan ko‘z yumayotgani keltirilgan.
Agar zudlik bilan oldi olinmasa, 2030 yilgacha besh yoshga to‘lmagan 56 million bola dori-darmon, toza ichimlik suvi tanqisligi sababli halok bo‘lar ekan.
O‘tgan yili besh yoshga to‘lmay vafot etgan bolalarning yarmi Afrika davlatlari, 30 foizi esa Janubiy Osiyo davlatlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter