«Jorj Miloslavskiy» olamdan o‘tdi
«Ivan Vasilevich o‘z kasbini o‘zgartiradi» filmidagi o‘g‘ri Jorj Miloslavskiy roli ijrochisi Leonid Kuravlyov vafot etdi.
Bu haqda RIA Novosti aktyorning o‘g‘liga asoslanib, xabar berdi.
Eslatib o‘tamiz, 85 yoshli Kuravlyov bir necha hafta avval og‘ir ahvolda jonlantirish bo‘limiga yotqizilgandi. U koronavirusga chalingan, shuningdek gipertoniyadan ham aziyat chekkan.
Aktyor «Robinzon Kruzoning sarguzashtlari», «Afonya» kabi filmlardagi rollari orqali ham mashhur.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter