Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jo Bayden Tramp yopgan darvozalarni ochmoqchi

Jo Bayden Tramp yopgan darvozalarni ochmoqchi

Foto: «Islamtoday»

Bugun AQSh prezidenti lavozimiga kirishadigan Jo Bayden inauguratsiyadan so‘ng darhol Donald Trampning migratsiya siyosatini yumshatish uchun bir qator hujjatlarni imzolamoqchi. Bu haqda prezidentning o‘tish davri jamoasi saytida ma’lum qilingan.

Xususan, Bayden Tramp tomonidan bir qator arab va Afrika mamlakatlari vakillarining AQShga kirishiga qo‘ygan cheklovlarni bekor qiladi, Meksika bilan chegarada devor qurilishini to‘xtatadi, AQShga bolaligidan olib kelingan yoshlar uchun deportatsiyani kechiktiradi.

Bundan tashqari, Meksika bilan chegarada «boshqa mablag‘lardan devor qurilishiga sarmoya ajratilishini oqlash uchun bahona sifatida foydalanilgan» favqulodda holatning darhol tugatilishi e’lon qilinadi.

Shuningdek, devorni qurish loyihalarini moliyalashtirishning qonuniyligi va pudratchilarni tanlashda qo‘llaniladigan usullarning tahlili o‘tkazilishi ta’kidlangan.

Eslatib o‘tamiz, Donald Tramp 2017-yil 27-yanvarda ayrim toifadagi shaxslar uchun AQShga kirishni cheklovchi farmonni imzolagan edi. Mamlakatga Eron, Suriya, Liviya, Somali, Yaman va Iroq fuqarolari kirishi taqiqlangandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring