Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jo Bayden Donald Trampning eng yirik loyihalaridan birini to‘xtatdi

Jo Bayden Donald Trampning eng yirik loyihalaridan birini to‘xtatdi

Foto: «RIA»

AQSh rahbari Jo Bayden o‘zidan avvalgi prezidentning eng yirik loyihalaridan birini rad etdi: Meksika chegarasida devor qurilishini moliyalashtirishni to‘xtatdi va u yerda 2019-yildan beri amal qilib kelayotgan favqulodda tartibni bekor qildi, deya xabar berdi Oq uy.

Favqulodda holat 2019-yil fevralda o‘sha paytdagi prezident Donald Tramp tomonidan joriy qilingan edi. Aslida favqulodda vaziyat tartibi qo‘shimcha mablag‘ ajratilishini va mintaqada federal mablag‘ ajratishning soddalashtirilgan sxemasini anglatadi.

«Janubiy chegarada favqulodda holat tartibi e’lon qilinishi asossiz degan xulosaga keldim», — deyiladi prezident tomonidan AQSh Vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosiga yuborilgan maktubda.

Bayden uning ma’muriyati «Amerika soliq to‘lovchilarining mablag‘lari Meksika chegarasida devor qurishga sarflanishiga» yo‘l qo‘ymasligini aytib, «bunga ajratilgan barcha resurslarni yaxshilab ko‘rib chiqishni» so‘radi.

Pelosiga yuborgan maktubida Bayden Kongressga favqulodda tartib tugatilgani hamda ular tomonidan taqdim etilgan mablag‘ bundan buyon janubiy chegarada devor qurishga ishlatilmasligi to‘g‘risida ma’lum qilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring