Jo Bayden AQShdagi yuqori inflyasiyada Putinni aybladi
AQSh prezidenti Jo Bayden Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi tufayli AQSh narxlari may oyida rekord darajada oshganini aytdi. Baydenning bayonoti Oq uy saytida chop etilgan.
Bayden Los-Anjelesda so‘zlagan nutqida qayd etilishicha, Putin sabab may oyida ushbu mamlakatda va butun dunyoda narxlar keskin ko‘tarilgan: yoqilg‘i, energiya va oziq-ovqat narxlari qimmatlab bormoqda.
O‘z navbatida, Rossiya prezidenti Vladimir Putin G‘arb mamlakatlaridagi inflyasiyada uning aloqasi yo‘qligini ma’lum qildi.
«Ular bizning eksportimizni cheklashga harakat qilishmoqda. Narxlar ko‘tarildi. Ular bizning energiya manbalarimizni cheklashga urinishmoqda. Yana narxlar osmon bo‘ldi. Ular allaqachon inflyasiyani mening nomim bilan atashmoqda va bizning bunga mutlaqo aloqamiz yo‘q», dedi Putin.
AQShda may oyida yillik inflyasiya 8,6% ni tashkil etdi, bu 1981 yil dekabridan beri eng yuqori ko‘rsatkichdir.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter