Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jen Psaki Oq uy matbuot kotibligidan bo‘shamoqda

Jen Psaki Oq uy matbuot kotibligidan bo‘shamoqda

Foto: «AP Images»

Jen Psaki Oq uy matbuot kotibi lavozimidan ketishni rejalashtirgani haqida o‘z manbalariga asoslanib «Axios» xabar berdi.

Psaki bahor faslidayoq (may oxirigacha) Oq uyni tark etishi kutilyapti. OAV ma’lumotlariga ko‘ra, Jen Psaki faoliyatini MSNBC telekanalida davom ettirishi mumkin — muzokaralar boshlangan.

Eslatib o‘tamiz, Jen Psaki ilgari CNN kanalida siyosiy sharhlovchi bo‘lib ishlagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring