Jek Ma «qizil chiziq»ni bosdimi? Milliarder ikki oydan beri jamoatchilikka ko‘rinmayapti
Xitoyning elektron tijorat giganti «Alibaba» asoschisi Jek Ma, mana ikki oydirki, jamoatchilikka ko‘rinish bermayapti.
Milliarder 2020-yil 24-oktyabr kuni Shanxaydagi Bund sammitida «Yuqori darajadagi ochiq, amaliy va global miqyosda nufuzli moliyaviy kommunikatsiya platformasi» deb nomlangan yig‘ilishda nutq so‘zlagandi. Gonkongning «Apple Daily» gazetasi yozishicha, Ma o‘z nutqida XXR davlat banklari va iqtisodiy nazorat organlarini tanqid qilganidan keyin «g‘oyib bo‘lgan».
«Reuters» manbasining aytishicha esa, «Xitoyning moliyaviy, tartibga solish va siyosiy idorasining buyuk va yaxshi tomonlari» deb ta’riflagan mamlakat moliya tizimini isloh qilish zarurligini ko‘rib chiqishga taklif qilgach, Jek Ma «qizil chiziq»ni kesib o‘tdi, deb hisoblash mumkin.
Ma’lumotlarga qaraganda, 2-noyabr kuni Ma Xitoy hukumati tomonidan so‘roq qilish uchun chaqirilgan. Yana shuni aytish mumkinki, Xitoy Monopoliyaga kurashish organlari «Alibaba» ustidan tekshiruvlar boshlagan.
O‘tgan haftaning oxirida Ma o‘rnini «Alibaba»ning boshqa bir ijrochisi egalladi. Ma ikki oydan beri jamoat oldida ko‘rinmadi. «Alibaba» vakili «Time»ning Jek Ma qayerdaligiga oid savoliga javob berishdan bosh tortgan.
Ikki oy avval chiqqan ayrim xabarlarga ko‘ra, Jek Maning Shanxaydagi chiqishi shaxsan XXR raisi Si Szinpin e’tiboriga tushgani va davlat rahbari bundan g‘azablangani aytilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter