Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jazoir prezidentligiga saylov nomzod bo‘lmagani uchun qoldirildi

Jazoir prezidentligiga saylov nomzod bo‘lmagani uchun qoldirildi

Foto: «Reuters»

Jazoir konstitutsiyaviy sudi ikki nomzod tomonidan mamlakat prezidentligi saylovida ishtirok etish uchun berilgan arizani rad etdi. Shu tariqa 4 iyulga belgilangan saylov boshqa vaqtga qoldirildi.

Jazoir prezidentligi uchun taniqli siyosatchilar o‘z nomzodini qo‘yishni istamadi. Shundan so‘ng u qadar taniqli bo‘lmagan Abdulhakim Xamad va Xamid Tuaxri o‘z nomzodlarini ilgari surgan edi. Ular o‘z arizalarida ilova tariqasida shaxsiy hujjatlari, sog‘ligi to‘g‘risida ma’lumotnoma, 60 ming fuqaro yoki 600 deputatning qo‘llab-quvvatlagani to‘g‘risida imzo taqdim etishgan. Ammo konstitutsiyaviy sud bu arizalarni rad etdi.

Jazoirda 82 yoshli prezident Abdulaziz Buteflika muddatidan avval vakolatidan voz kechganidan so‘ng siyosiy inqiroz boshlangan edi. U 1999 yildan buyon mamlakatni boshqarib kelayotgan edi, ammo fevral oyida boshlangan ommaviy noroziliklar tufayli mamlakat boshqaruvidan ketdi.

Ayni vaqtda mamlakatni vaqtincha parlament spikeri Abdulqodir Bensalax boshqarib kelmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring