Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Janubiy Koreyada tarixidagi eng kuchli 38-zilzila sodir bo‘ldi

Janubiy Koreyada tarixidagi eng kuchli 38-zilzila sodir bo‘ldi

29-oktyabr, shanba kuni Janubiy Koreyaning markaziy qismidagi Chxunchxon-Pukto provinsiyasida kuchli zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda Koreya meteorologiya agentligi ma’lumotlariga tayanib «Renxap» axborot agentligi xabar bermoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 4,1 magnitudali zilzila epitsentri Kvesan shahridan shimoli-sharqda bo‘lib, 12 km chuqurlikda joylashgan. Taxminan ikki soniya davom etgan asosiy zarbadan oldin uchta kuchsizroq zarba ham qayd etilgan.

Agentlikning ta’kidlashicha, bu Janubiy Koreyada joriy yildagi eng kuchli zilzila va mamlakatda kuzatuvlar boshlanganidan beri eng kuchli zilzila ro‘yxatidagi 38-o‘rinda qayd etilgan.

Janubiy Koreya Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hozircha tabiat hodisasi sabab yetgan zararlar haqida hech qanday ma’lumot taqdim etmagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring