Janubiy Koreyada samolyot halokatga uchradi: 47 kishi halok bo‘lgan
Janubiy Koreyada yo‘lovchi samolyoti halokatga uchradi.
Jeju Air Boeing 737 samolyoti Muan aeroportiga qo‘nayotganda halokatga uchradi, deb xabar bermoqda Yonhap agentligi. Samolyot bortida 181 kishi, jumladan 6 nafar ekipaj a’zosi bo‘lgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ulardan 47 nafari vafot etgan. Ikki kishi qutqarildi.
Samolyot Bangkokdan qaytayotgan edi. Yo‘lovchilarning aksariyati Janubiy Koreya fuqarolari, ikki nafar tailandlik ham bo‘lgan. Rasmiylarning ta’kidlashicha, qushlarning samolyotga urilishi sabab qo‘nish moslamasi ishdan chiqqan.
Eslatib o‘tamiz, bir necha kun avval Qozog‘istonda Ozarbayjon samolyoti halokatga uchrab, 38 kishi vafot etgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter