Janubiy Koreya prezidenti 13 iyun kuni O‘zbekistonga keladi – Korea Times
Janubiy Koreya prezidenti Yun Sok Yol 10-15 iyun kunlari davlat tashrifi Markaziy Osiyoning uchta davlati – Turkmaniston, Qozog‘iston va O‘zbekistonda bo‘ladi. Unga rafiqasi Kim Kyon Xi hamrohlik qiladi. Bu haqda Korea Times nashri ma’lum qildi.
Nashrga ko‘ra, Yunning ushbu safaridan ko‘zlangan maqsad Koreyaning tabiiy resurslari va iqtisodiy o‘sish salohiyati mo‘l bo‘lgan davlatlar bilan hamkorligini yanada mustahkamlashdir.
10-iyun kuni Yun Turkmanistonga, 11-iyun kuni Qozog‘istonga boradi va ikki mamlakat kompaniyalari ishtirokidagi biznes-forumlarda ishtirok etadi.
13-iyun kuni esa O‘zbekistonga keladi va Prezident Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashuv o‘tkazadi va 14 iyun kuni biznes-forumda ishtirok etadi.
Ma’lumot uchun, Koreya va Markaziy Osiyoning beshta davlati “Koreya-Markaziy Osiyo” sammitini tashkil etishni va kelasi yili Seulda uning ilk yig‘ilishini o‘tkazishni rejalashtiryapti.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter