Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jangchi maktabda vatanparvarlikdan «dars berdi». Ko‘p o‘tmay xabar olib tashlandi

Jangchi maktabda vatanparvarlikdan «dars berdi». Ko‘p o‘tmay xabar olib tashlandi

«Dojd» telekanali telegramm kanalida yozilishcha, Krasnodardagi maktablarning birida «Muhim narsa haqida suhbat» darsida «Vagner ChVK» xususiy shirkati jangchisi chiqish qilgan.

Krasnodar o‘lkasi Kanevskiy tumanidagi 13-maktabda vatanparvarlik tarbiyasiga qaratilgan darsda ana shunday uchrashuv o‘tkazilgan. 

3-sinf o‘quvchilari huzurida bo‘lgan niqobdagi jangchi «bo‘linma Donbassda bajarayotgan ishlarning muhim o‘rin tutishi»ni gapirgan va «jang maydonida yonida bo‘lgan shaxsiy buyumlarini, aslahalarni, hukumat unvonlarini ko‘rsatgan».

«Bolalarni hamma narsa qiziqtirdi: harbiy operatsiya vaqtida qurolni qanday ishlatishadi, qayerda va qanday dam olishadi, harbiy harakatlarda qatnashmasa ham bo‘linmada ayollar bormi, birinchi tibbiy yordamni kim ko‘rsatadi, harbiy shifokorlar jarohatlanganlar haqida qayerdan biladi, jangchilar telefondan foydalanadimi» maktab saytidan iqtibos keltirilgan «Dojd» telegramm kanalida.

Kanal maktab sayti havolasini ham tashlagan. Lekin kuni kecha jangchi va bolalarning birgalikda tushgan suratlari bilan berilgan maktab saytidagi xabar bugun almashtirib qo‘yilgan. Ya’ni, uning o‘rnida «Birinchi va 4 «B» sinf o‘quvchilari o‘lkashunoslik muzeyi ilmiy xodimi bilan uchrashdilar» degan boshqa xabar qo‘yilgan. 

«Dojd» telekanali telegramm kanalida esa «Vagner jangchisi bilan uchrashuv» xabar turibdi.  

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring