Jahondagi eng yosh milliarder kimligi ma’lum bo‘ldi
«Forbes» jurnali model Kayli Jennerning boyligini bir milliard dollar miqdorida baholadi. Shu tariqa 21 yashar Kayli jahon tarixida eng yosh milliaderga aylandi. Bu haqda «Meduza» nashri xabar bermoqda.
Jennerning asosiy moliyaviy aktivi «Kylie Cosmetics» kompaniyasidir. Model unga 2015-yil asos solgan. U barcha mahsulotlarini ijtimoiy tarmoqlarda faol reklama qiladi, birgina «Instagram»dagi sahifasida 128 million obunachisi bor.
Kayli tarixdagi eng yosh milliader unvonini Mark Sukerbergdan tortib olgan. Markning boyligi 23 yoshida bir milliard dollarga yetgandi. Hozirda 34 yashar tadbirkorning 62 milliard dollar puli borligi ma’lum qilingan va dunyo boylar ro‘yxatida sakkizinchi o‘rinda turadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter