Jahon mamlakatlaridagi demokratiya darajasi e’lon qilindi — Economist Intelligence Unit-2022
Economist Intelligence Unit-2022 — demokratiya indeksiga ko‘ra, o‘tgan yili demokratiya darajasi eng pasaygan mamlakat Rossiya bo‘ldi — atigi 2,28 ball to‘plab, birvarakayiga 22 pog‘ona sho‘ng‘idi. Ukrainadagi urush va shu muhorabaga qarshi siyosatchilar, faollar, jurnalistlarning ta’qibga uchrashi ortidan Rossiya «2 baho» oldi.
Umuman olganda, jahonning deyarli yarim aholisi (45,3 foiz) demokratiya sharoitida, 36,9 foizi avtoritar davlatlarda yashayapti (xarita).
2022-yildagi eng demokratiyalashgan mamlakatlar (Economist Intelligence Unit):
- Norvegiya (9,81)
- Yangi Zelandiya (9,61)
- Islandiya (9,52)
- Shvetsiya (9,39)
- Finlyandiya (9,59)
- Daniya (9,28)
- Shveysariya (9,14)
- Irlandiya (9,13)
- Niderlandiya (9)
- Tayvan (8,99)
Reytingdagi eng so‘nggi o‘rinlarda joylashgan, demokratiyadan ancha uzoq mamlakatlar: Afg‘oniston (0,32), Myanma (0,74) va Shimoliy Koreya (1,08).
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter