Jahon iqtisodiyoti koronavirus botqog‘idan qanchalik tez chiqa olishi taxmin qilindi

«S&P» xalqaro agentligi hisob-kitoblariga ko‘ra, koronavirus pandemiyasi oqibatida jahon iqtisodiyoti 2020-yilda YaIMning 2,4 foizigacha qisqaradi.
Agentlik 2020-yilda AQSh va Yevropa ittifoqi yalpi ichki mahsuloti 5,2 va 7,3 foizga qisqarishini taxmin qilmoqda. Shuning barobarida, iqtisodiyotchilar global YaIM 2021-yilda 5,9 foizga, 2022-yilda 3,9 foizga o‘sadi, deyishmoqda.
Tahlilchilar ayni paytda koronavirusni yuqtirish holatlari o‘sishi sekinlashayotganiga e’tiborni qaratishdi. Iqtisodiyotlarning qanchalik tez tiklanishi bevosita davlatlarning sog‘liqni saqlash va iqtisodiyot sohasidagi siyosatlariga, kichik va o‘rta biznesdagi vaziyat, mehnat bozoridagi holatga bog‘liq.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter