Jahon bug‘doy bozorida yangi yetakchi paydo bo‘ldi — «Bloomberg»
«Bloomberg» agentligi xabar berishicha, Rossiya oxirgi yillarda bug‘doy yetishtirish miqdori va eksporti bo‘yicha juda katta o‘sishga erishib, global bozordagi mavqeini kuchaytirmoqda.
Rossiya 20 yil ichida bug‘doyni import qiluvchidan eksport qiluvchiga aylandi va hozir dunyo eksportining beshdan birini beryapti, deyiladi xabarda. Ma’lumotlarga qaraganda, Misrdan tortib Filippingacha, Turkiyadan Braziliyagacha — 100 dan ziyod mamlakat rus bug‘doyini sotib olmoqda va bu ro‘yxat kengayib boryapti.
Rossiya bu yil 37,5 million tonna bug‘doyni eksport qilishni rejalashtirgan.
Umuman olganda, bug‘doy yetishtirish hajmiga ko‘ra, Xitoy va Hindiston Rossiyadan oldinda, biroq ularning aholisi ham ko‘p — eksport keyingi masala.
Quyidagi infografika (garchi 2018-yilgi ma’lumot bo‘lsa-da) global bug‘doy eksporti bozori haqida yaxshi tasavvur beradi (O‘zbekiston ham bor):
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter