Italiyalik mashhur mafioz qamoqdan qochdi
Italiyalik mafioz Rokko Morabito Urugvayda qamoqdan qochdi. Morabito «Ndrangeta» mafiyasi boshqaruvchilaridan biri bo‘lgan.
Italiyaning eng ko‘p qidiruvda bo‘lgan jinoyatchisi o‘zi bilan birga uchta sherigini ham qamoqdan olib chiqib ketgan. Qochish juda yaxshi rejalashtirilgan bo‘lib, yakshanbadan dushanbaga o‘tar kechasi amalga oshirildi.
Xabar qilinishicha, Morabito qamoqxona qo‘riqchilari bilan til biriktirgan edi. Qo‘riqchilar unga chordoqqa olib chiquvchi zina eshigini ochib berishgan. Jinoyatchilar tom orqali qo‘shni ferma hududiga o‘tib olishgan.
Moratibo va uning sheriklari fermerning pullarini o‘g‘rilab, noma’lum yo‘nalishda g‘oyib bo‘lishgani aytilmoqda. Eslatib o‘tamiz, italiyalik mafiozi 2017 yilda Urugvayda qo‘lga olingan va yaqin oylar ichida Italiyaga ekstraditsiya qilinishi lozim edi. Unga noqonuniy narkotik savdosi ayblovi qo‘yilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter