Italiyada qulagan ko‘prikning muhandisi qurgan boshqa ko‘prik ham yopib qo‘yildi
![Italiyada qulagan ko‘prikning muhandisi qurgan boshqa ko‘prik ham yopib qo‘yildi](https://static.xabaruz.com/crop/1/7/720_460_95_1735274007.jpg)
Italiyaning janubidagi Benevento shahri meri Klemente Mastella munitsipalitet texnik qo‘mitasining dokladi bilan tanishib chiqib, 1955 yilda Rikkardo Morandining loyihasiga ko‘ra qurilgan «Avliyo Nikolay» ko‘prigida har qanday harakatni taqiqlab qo‘ydi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar bermoqda.
Genuyada qulagan ko‘prik 1967 yilda aynan shu muhandis tomonidan loyihalashtirilgan bo‘lgan.
«Bilaman, bu fuqarolar uchun noqulaylik keltirib chiqaradi, lekin Genuyadagi Morandining ko‘prigida yuz bergandagi kabi falokatdan ko‘ra noqulayliklar yaxshiroq»,-degan shahar meri.
Eslatib o‘tamiz, 14 avgust kuni Genuyada A10 avtotrassasi o‘tuvchi ko‘prik qulab tushgan edi. Hodisa chog‘ida ko‘prikda 30 dan ziyod mashina bo‘lgan. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra falokat oqibatida 38 kishi halok bo‘lgan. Genuya hukumatining ma’lum qilishicha, ayni damda kasalxonada 10 nafar jarohatlanganlar bor. Ulardan 9 nafari og‘ir ahvolda. Yana 20ga yaqin kishi bedarak yo‘qolgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter