Italiyada mafiya oilalariga qarshi reyd o‘tkazildi
Bugun Italiya davlat politsiyasi Milanda mafiyaga qarshi o‘tkazgan reyd davomida 50 ga yaqin odamni hibsga oldi. Bu haqda Il Giorno xabar bermoqda.
Maxsus operatsiya Kalabriyaning janubiy hududi tarixiy o‘lka bo‘lgan kuchli mafiya tashkiloti «Ndrangheta»ga qarshi kurash doirasida o‘tkazilgan. Qo‘lga olinganlarning 49 nafariga narkotik moddalar savdosi, tovlamachilik, o‘t qo‘yish, zo‘ravonlik, noqonuniy qurol olib yurish va saqlash va boshqa og‘ir jinoyatlar sodir etganlik aybi qo‘yilgan.
2021-yil avgust oyida Italiyaning «Ndrangheta» mafiya guruhining bosh boshlig‘i Domeniko Pavilyaniti ikki yil qochib yurganidan so‘ng politsiya tomonidan qo‘lga olingan edi. Pavilianiti 1980-1990-yillarda sodir etilgan jinoyatlar uchun qidiruvda bo‘lgan. U birinchi marta 1996 yilda Ispaniyada hibsga olingan va 1999 yilda Italiyaga ekstraditsiya qilingan. U yerda mafiya rahbari umrbod qamoq jazosiga hukm qilingandi. Biroq, 2019-yilda advokatlar sud materiallarida xatolik topdilar va ish qayta ko‘rib chiqish natijasida Pavilianiti qamoqdan ozod qilingan edi.
Ma’lumot uchun, 2021-yilning yanvar oyida Italiyaning Kalabriya shahridagi Lamezia Terme shahrida «Ndrangheta» mafiya a’zolari ustidan so‘nggi 30 yildagi eng yirik sud jarayoni bo‘lib o‘tgan. Sud majlisida 355 nafar mafioz, shuningdek, ular bilan til biriktirganlikda gumon qilingan amaldorlar, tadbirkorlar va advokatlar bo‘lgan. Bunday keng ko‘lamli sud jarayonini Italiyada 1986-1987–yillarda bo‘lib o‘tgan sud jarayoni bilan solishtirish mumkin. O‘shanda Sitsiliya «Cosa Nostra»ning 338 nafar a’zosiga hukm o‘qilgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter