Italiyada «mafiya odamlari» hibsga olindi
Italiyaning Veneto viloyatida Neapoldagi «Kamorra» mafiyasiga aloqadorlikda gumon qilingan 50 nafar shaxs hibsga olindi. Ulardan 10 million yevro pul ham olib qo‘yilgan.
«Messaggero» gazetasi yozishicha, Venetsiya, Kazal-di-Princhipe shaharlari, Kazerta va Veneto viloyatlarida o‘tkazilgan «tozalash» operatsiyalariga huquqni muhofaza qiluvchi organlarning 300 nafar xodimi jalb etilgan.
Ushlab turilganlarning 11 nafariga chetga chiqmaslik to‘g‘risidagi hujjatga imzo chekdirib olingan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter